AVO — onlayn bank O'zbekiston

3,6
8,11 ming ta sharh
1 mln+
Yuklanmalar
Yoshga oid cheklov
3+
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot

Bu ilova haqida

AVO — smartfoningizdagi onlayn-bank

— bank xizmatlaridan uydan chiqmasdan foydalaning
— istalgan Humo va Uzcard kartalariga pul o’tkazing
— kommunal, mobil aloqa va boshqa xizmatlar uchun to’lovni 24/7 onlayn amalga oshiring
— barcha kartalarni bitta ilovada xavfsiz saqlang

AVO platinum Mastercard xalqaro kartasi

— plastik yoki virtual karta — o’zingiz uchun qulayini tanlang
— kartani ilovada bepul oching
— kartadan O’zbekistonda va xorijda foydalaning
— pullaringiz xavfsizligi haqida qayg'urmang — karta 3D Secure texnologiyasi bilan himoyalangan

AVO platinum KREDIT KARTASINI qanday olish mumkin

— AVO ilovasini yuklab oling va o’rnating
— onlayn-ro’yxatdan o’ting — pasport ma'lumotlarini kiriting va rasmga tushing
— virtual kartani ilovada 2 daqiqada oching —bepul
— kartadan u ochilgan zahotiyoq foydalanish mumkin

AVO platinum kredit kartasining afzalliklari

— 50 mln so’mgacha kredit limiti
— 45 kungacha foizsiz davr
— qancha sarflagan bo‘lsangiz, shuncha qaytaring — foizsiz
— limit qarz to'liq yoki qisman to’langanidan keyin qayta tiklanadi
— kredit pullaridan foydalanmasangiz — hech qanday foiz hisoblanmaydi

KREDIT LIMITINI OLISH SHARTLARI

— garovsiz va kafillarsiz
— ortiqcha hujjatlarsiz — pasport yoki ID-karta ma'lumotlari kifoya
— bankka borish ham shart emas — barchasi onlayn, AVO ilovasida

AVO UZCARD virtual kartasi

— uni ilovamizda bepul oching
— kartani istalgan to‘lov ilovasiga qo’shish mumkin — Payme, Click, Paynet, Uzum yoki Oson
— Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazmalar uchun komissiya — 0,7%
— AVO UZCARD kartasidan AVO kartasiga o‘tkazmalar uchun — 0% komissiya

AVO platinum to‘lov stikeri

— uni telefoningizga yopishtiring va do‘kon, metro yoki restoranlarda bir teginishda to’lov qiling
— hatto karta va smartfonsiz ham bir zumda xarid qiling va naqd pul yechib oling
— stikerda karta raqami, amal qilish muddati yoki CVC ko'rsatilmaydi — barcha ma'lumotlar ilovada

AVO to‘lov stikerini qanday olish mumkin

— unga ilovamizda buyurtma bering
— kartomatdan 30 soniyadan kamroq vaqt ichida oling
— kartomat shu manzilda joylashgan: Toshkent sh., Bunyodkor ko‘ch., 52-uy. Mo‘ljal: Magnum gipermarketi, Integro savdo markazi

KOMPANIYA HAQIDA

AJ «AVO bank», O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil 8-iyundagi 83-sonli litsenziyasi

Kompaniya rekvizitlari:

«AVO bank» aksiyadorlik tijorat banki
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 14/2-uy.

STIR 207257279
MFO 01150
Reg.raqami 16/1
Oxirgi yangilanish
25-yan, 2025

Maʼlumotlar xavfsizligi

Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushunishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Bu ilova tashqi hamkorlarga quyidagi turdagi maʼlumotlarini ulashishi mumkin
Men haqimda, Suratlar va videolar va Ilova axboroti va unumdorlik
Ushbu ilova quyidagi axborot turlarini toʻplashi mumkin
Men haqimda, Moliyaviy axborot va yana 2 ta
Maʼlumotlar shifrlanmagan
Maʼlumotlarni oʻchirishni soʻrashingiz mumkin

Reytinglar va sharhlar

3,6
8,07 ming ta sharh
Kamron J
29-yanvar, 2025
Birinchidan ilova juda qotib ishlayapti ikkinchidan menda umuman kredit yo'q endi olishni hohlayapman. Uchunchidan bu menga kredit bermayapti umuman nima keragi bor o'zi odamlarga kredit o'sha paytning o'zida kerak bo'ladi AVO hohlagan payt bersa nima qilishimiz kerak. Masalan hozir menga kerak pul lekin nima qilishimni bilmayapman. Ilova baribir kredit bermayapti kimda fikr bo'lsa yozsin javob kutaman iltimos oldindan rahmat @kam_ron99
28 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
АО "AVO bank"
29-yanvar, 2025
Assalomu alaykum, Kamron! Kredit limiti har bir mijozga skoring tizimi orqali taqdim etiladi. Tizim sizning kredit tarixingizni, kechikishlar tarixini hamda daromadlar haqidagi ma'lumotlarni hisobga oladi. Kelajakda kredit limiti tasdiqlanish ehtimolini oshirish uchun ilovamizga Humo/Uzcard kartalaringizni qo'shishni tavsiya qilamiz.
Ziyoda Rahimova
3-fevral, 2025
Assalomu aleykum agar men 5mln kredit olsamu lekn 45 kunda qaytarolmasam %qowiladimi va u qancha boladi
Buni foydasi tegdimi?
АО "AVO bank"
3-fevral, 2025
Assalomu alaykum, Ziyoda! Agar sizda qarzdorlikni tolov davrda to‘liq to‘lash imkoniyat bo‘lmasa, kredit limiti miqdorining 7% ini minimal to‘lov sifatida to‘lashingiz mumkin. Qolgan summa bo‘yicha kuniga 0,131% stavka bilan foizlar hisoblanadi, bu yiliga 47,9% ga teng. Hurmat bilan, AVO jamoasi💛
Ibroxim Togayev
29-yanvar, 2025
Men AVO ilovasini yuklab oldim lekin kredit ololmayabman plastik karta uzimni nomimda bulmaganligi ichunmi.
3 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
АО "AVO bank"
30-yanvar, 2025
Kredit limiti har bir mijozga individual ravishda skorinq tizimi orqali taqdim etiladi. Tizim sizning kredit tarixingizni, kechikishlar tarixini hamda daromadlar haqidagi ma'lumotlarni hisobga oladi. Kelajakda kredit limiti tasdiqlanish ehtimolini oshirish uchun ilovamizga Humo/Uzcard kartalaringizni qo'shishni tavsiya qilamiz.